Yangiliklar
31.08.2015

2“Шарқ тароналари” Х халқаро мусиқа фестивалининг тантанали ёпилиш маросими.

30.08.2015

2Беш кун давомида дунёнинг энг кучли санъаткорларини ўзида жамлаган “Шарқ тароналари” халқаро мусиқа фестивали якунига етди. 

30.08.2015

2Биржан БАЗИЛЖОНОВ, мусиқачи, (Қозоғистон): — Самарқандга биринчи марта келдим. Аввалари мен уни фақат телевизорда кўрганман. Шаҳрингиз ҳақида етарлича маълумотга эгаман деб ўйлардим, лекин келиб  билдимки, Самарқанд телевизорда кўрганимдан анча гўзал экан. 

30.08.2015

2Волкер НЕЕФ,  “Berliner Blatt” газетаси бош муҳаррири (Германия): - “Шарқ тароналари” Х Халқаро мусиқа фестивали очилиш маросимини Регистон майдонида туриб кузатиб бордим. 

30.08.2015

228 август куни Самарқандда “Шарқ тароналари” Х халқаро мусиқа фестивалининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Биз фестиваль иштирокчилари билан шу ҳақда суҳбатлашдик.

Официальная страница на Facebook    Официальный канал фестиваля на YouTube

 

Bosh sahifa

Festivalning hurmatli qatnashchilari va mehmonlari, an'anaviy san’atning shinavandalari!

“Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalining rasmiy veb-sahifasida, turli millat vakillarining an’anaviy musiqa san’ati shaydolarini qarshi olishdan bag‘oyat xursandmiz. 

Allaqachon ommaviy bayram tusiga kirgan mazkur festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbuslarii bilan 1997-yildan beri YUNESKO shafeligida o‘tkazib kelinmoqda. 
“Sharq taronalari”X xalqaro musiqa festivali Respublika madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi, Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbeknavo” estrada uyushmasi, davlat bastakorlar uyushmasi va Samarqand viloyat hokimligining ko‘magida har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi. 

Festivalning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: milliy musiqa san’ati durdonalarini keng ommalashtirish, saqlash va mukammallashtirish; o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy an’analarga muhabbat ruhida tarbiyalash; xalqaro madaniy aloqalarini yanada kengaytirish. 

“Sharq taronalari” musiqa festivali dasturi doirasida turli davlatlardan kelgan milliy musiqa ijrochiligi namunalari namoyishi, shuningdek, musiqashunoslar, kompozitor va ijrochilar ishtirokidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish rejalashtirilgan.

Dunyo xalqlari an’anaviy musiqa san’atining serjilo durdonalarini o‘zida jamlagan “Sharq taronalari” musiqiy festivalining rang-barang dasturi, yildan-yilga, nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasi, hamda festivalda qatnashuvchi mamlakatlar uchun ham muhim tadbirga aylanib bormoqda.

"Sharq taronalari" Xalqaro musiqa festivali xronologiyasi:

1-"Sharq taronalari" XMF, 1997-yil.
2-"Sharq taronalari" XMF, 1999-yil.
3-"Sharq taronalari" XMF, 2001-yil.
4-"Sharq taronalari" XMF, 2003-yil.
5-"Sharq taronalari" XMF, 2005-yil.
6-"Sharq taronalari" XMF, 2007-yil.
7-"Sharq taronalari" XMF, 2009-yil.
8-"Sharq taronalari" XMF, 2011-yil.
9-"Sharq taronalari" XMF, 2013-yil.