Yangiliklar
31.08.2015

2“Шарқ тароналари” Х халқаро мусиқа фестивалининг тантанали ёпилиш маросими.

30.08.2015

2Беш кун давомида дунёнинг энг кучли санъаткорларини ўзида жамлаган “Шарқ тароналари” халқаро мусиқа фестивали якунига етди. 

30.08.2015

2Биржан БАЗИЛЖОНОВ, мусиқачи, (Қозоғистон): — Самарқандга биринчи марта келдим. Аввалари мен уни фақат телевизорда кўрганман. Шаҳрингиз ҳақида етарлича маълумотга эгаман деб ўйлардим, лекин келиб  билдимки, Самарқанд телевизорда кўрганимдан анча гўзал экан. 

30.08.2015

2Волкер НЕЕФ,  “Berliner Blatt” газетаси бош муҳаррири (Германия): - “Шарқ тароналари” Х Халқаро мусиқа фестивали очилиш маросимини Регистон майдонида туриб кузатиб бордим. 

30.08.2015

228 август куни Самарқандда “Шарқ тароналари” Х халқаро мусиқа фестивалининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Биз фестиваль иштирокчилари билан шу ҳақда суҳбатлашдик.

Официальная страница на Facebook    Официальный канал фестиваля на YouTube

 

Bibixonim madrasasi va maqbarasi

Bibixonim madrasasi va maqbarasi, Samarkand Saroymulkxonim (Bibixonim) Chig'atoy xonlariga mansub Qozonxonning qizi bo'lib, 1341 yilda tug'ilgan. 1370 yili Amir Temur nikohiga o'tgan. U xon avlodiga mansubligi uchun "Bibixonim" (Kattaxonim) unvoniga sazovor bo'lgan. Saroymulkxonim siyosatdon va insonparvar ayol edi. 

Ko'pgina tarixiy kitoblarda, jumladan, Nizomiddin Shomiy , Sharafiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Fasih Havofiy, Ibn Arabshoh, Klavixo kabilar asarlarida Saroymulkxonim fazilatlari, shaxsiy sifatlari ko'p ulug'lanadi. Chunonchi, Ispaniya elchisi Ryui Gonzales de Klavixo o'zining «Samarqandagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi» asarida oqila malika Bibixonimning Amir Temur saltanatidagi o'rni, qurultoylar va oliy majlislarda, amirlar bilan qatnashish huquqiga egaligini yozib qoldiradi. 1404 yil 17 oktyabrda Saroymulkxonim elchilarga katta ziyofat berganini bayon qiladi. Bu faktlar esa Amir Temur saltanatida, davlat ishlarida Saroymulkxonim faol qatnashganini yana bir bor tasdiqlaydi. U Amir Temur ruxsati bilan Samarqandda ulkan madrasa qurdiradi. Otasi Qozonxondan meros bo'lgan bir juft baldog'ini sotuvga qo'yib, pulini madrasa qurilishiga ishlatgan ekan. Samarqanddagi hozirgi Jome' masjidining kun chiqar tomonida, ya'ni Bibixonim maqbarasi yonida barpo etadi. Bibixonim madrasa talabalariga g'amxo'rlik qilib borgan, ularga moddiy yordam berib turgan. Madrasa nihoyatda mahobatli bo'lib, Amir Temur qurdirgan Jome' masjidiga tutash va monand bo'lgan. Biroq har xil sabablarga ko'ra madrasa keyinroq vayron etilgan. Bibixonim hayotda farzand ko'rmagan. Ammo u temuriyzodalarga murabbiylik qilgan. Xususan, Mirzo Ulug'bek Bibixonim tarbiyasida voyaga yetgan. Bibixonim 1408 yilda vafot etadi.

Uning jasadi o'zi qurdirgan madrasa yonidagi maqbaraga qo'yilgan.

Bibixonim madrasasi yoniga sohibqiron Amir Temur Hindiston zafaridan keyin mahobatli masjid qurdiradi. Hozir ushbu masjid mavjuddir. Bu buyuk koshonalar xalq o'rtasida "Bibixonim" nomi bilan shuhrat topgandir.

Viloyat hokimining 95-qarori bilan 1998 yil 7 mayda sobiq 8 Mart ko'chasi Bibixonim ko'chasi deb o'zgartirildi.