Yangiliklar
31.08.2015

2“Шарқ тароналари” Х халқаро мусиқа фестивалининг тантанали ёпилиш маросими.

30.08.2015

2Беш кун давомида дунёнинг энг кучли санъаткорларини ўзида жамлаган “Шарқ тароналари” халқаро мусиқа фестивали якунига етди. 

30.08.2015

2Биржан БАЗИЛЖОНОВ, мусиқачи, (Қозоғистон): — Самарқандга биринчи марта келдим. Аввалари мен уни фақат телевизорда кўрганман. Шаҳрингиз ҳақида етарлича маълумотга эгаман деб ўйлардим, лекин келиб  билдимки, Самарқанд телевизорда кўрганимдан анча гўзал экан. 

30.08.2015

2Волкер НЕЕФ,  “Berliner Blatt” газетаси бош муҳаррири (Германия): - “Шарқ тароналари” Х Халқаро мусиқа фестивали очилиш маросимини Регистон майдонида туриб кузатиб бордим. 

30.08.2015

228 август куни Самарқандда “Шарқ тароналари” Х халқаро мусиқа фестивалининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Биз фестиваль иштирокчилари билан шу ҳақда суҳбатлашдик.

Официальная страница на Facebook    Официальный канал фестиваля на YouTube

 

Amir Temur maqbarasi

Sohibqiron Amir Temur Turon zaminining yirik davlat arbobi, buyuk sarkardasidir. U qudratli davlatni vujudga keltirgan. Amir Temur har gal uzoq yurishga otlanganda davlat poytaxti Samarqandga nevarasi Jahongir Mirzoning o'g'li Muhammad Sultonni valiahd qilib qoldirar edi. 

Go’ri Amir maqbarasi, Oqsaroy ko’chasida, Samarkand, UzbekistanAmir Temur maqbarasiga Amir Temur avlodlari dafn etilgan. Bu yerda sohibqironning piri Mir Sayyid Baraka va Sayyid Umarning qabri ham bor. Ulug' Shayx Mir Sayyid Baraka Kirmon viloyatidan bo'lib, Amir Temurning ustozi hisoblanadi. U 1404 yilda Mozandaronda vafot etgan va Afg'onistonning Andhud shahrida dafn etilgan. Amir Temur vasiyatiga ko'ra jasadi Samarqandga Shohruh Mirzo tomonidan keltirilgan. Buyuk Sohibqiron o'z jasadini uning oyog'i uchiga qo'yishlarini vasiyat qiladi. 
Samarqand viloyat hokimining 1992 yil 10 iyuldagi 89-qarori bilan shahardagi sobiq Nekrasov ko'chasiga alloma Mir Sayyid Baraka nomi berildi.

SAYYID UMAR - mashhur tasavvuf arbobi Sayyid Amir Kulolning to'rtinchi o'g'li bo'lib, Amir Temur zamonasida Samarqandda muhtasiblik mansabida xizmatda bo'lgan. Aytishlaricha, faqat muhtasib podshohlarga tanbeh va yo'l ko'rsatish huquqiga ega bo'lgan. "Rashahot" asarida ta'kid-lanishicha, u 1400 yilda vafot etgan va Samarqand yaqinidagi Qavola mahallasiga dafn etilgan. Keyinchalik uning qabri Amir Temur dahmasi gumbazi ichiga ko'chiriladi. Temuriylar qiblasida tug' tagidagi qabr Sayyid Umarnikidir.

Shahardagi shoh ko'chalardan biri - sobiq Frunze ko'chasi buyuk sohibqiron Amir Temur nomi bilan yuritiladi.

ShOHRUH MIRZO - temuriylar davlatining yirik hukmdori Amir Temurning to'rtinchi o'g'lidir. U 1396-1409 yillarda avval Hirotda, Amir Temur vafotidan keyin buyuk Xuroson va Movarounnahrda temuriylar davlatining hukmdori bo'lgan. Shohruh poytaxtni Samarqanddan Hirotga ko'chiradi. Uning hukmronligi davrida Samarqand, Hirot va Marvda bir qancha bino va istehkomlar barpo etiladi, fan va madaniyat keng rivojlanadi. Shohruhning o'g'li Ulug'bek va Boysung'ur Mirzo ham bu sohada katta ishlarni amalga oshiradi. Viloyat hokimining 1996 yil 19 mayda 96- qarori bilan shahardagi sobiq Kommunisticheskaya ko'chasiga Shohruh Mirzo nomi berilgan.

MUHAMMAD TARAG'AY ULUG'BEK-Amir Temurning kichik o'g'li Shohruh Mirzoning farzandidir. U buyuk munajjim va matematik, davlat arbobidir. Buyuk Ulug'bek hukmronligi davrida Samarqandda hunarmandchilik, me'morchilik, adabiyot va savdo ravnaq topadi. Uning tashabbusi bilan Samarqand, Buxoro, G'ijduvon va Marvda madrasalar quriladi. Ulug'bek rasadxonasi, "Ziji Ko'ragoniy" asari jahon ilmiga qo'shilgan buyuk hissadir. Uning qabri Amir Temur maqbarasida.
Viloyat hokimining 1992 yil 10 iyuldagi 89-qarori bilan shahardagi sobiq Karl Marks ko'chasi Mirzo Ulug'bek ko'chasi deb nomlandi.

MUHAMMAD SULTON - Amir Temurning katta farzandi Jahongir Mirzoning o'g'lidir. Hazrat sohibqiron kelajakda o'z mamlakatiga Muhammad Sulton valiahd bo'ladi deb hisoblagan. Biroq, Muhammad Sulton 27 yoshida kasallanib, Amir Temurdan oldin vafot etadi. Unga atab Temur maqbarasi obidalari qurdirilgan. U yerda madrasa, masjid, xonaqoh va boshqa yodgorliklar mavjud bo'lgan. Muhammad Sulton qabri bobosi Amir Temur va amakilari Shohruh, Mironshoh va Ulug'bekning yonidadir. 
 Viloyat hokimining 565-qarori bilan 1994 yil 28 dekabrda shahardagi sobiq Patriotskaya ko'chasi Muhammad Sulton ko'chasi deb o'zgartirildi.