Yangiliklar
31.08.2015

2“Шарқ тароналари” Х халқаро мусиқа фестивалининг тантанали ёпилиш маросими.

30.08.2015

2Беш кун давомида дунёнинг энг кучли санъаткорларини ўзида жамлаган “Шарқ тароналари” халқаро мусиқа фестивали якунига етди. 

30.08.2015

2Биржан БАЗИЛЖОНОВ, мусиқачи, (Қозоғистон): — Самарқандга биринчи марта келдим. Аввалари мен уни фақат телевизорда кўрганман. Шаҳрингиз ҳақида етарлича маълумотга эгаман деб ўйлардим, лекин келиб  билдимки, Самарқанд телевизорда кўрганимдан анча гўзал экан. 

30.08.2015

2Волкер НЕЕФ,  “Berliner Blatt” газетаси бош муҳаррири (Германия): - “Шарқ тароналари” Х Халқаро мусиқа фестивали очилиш маросимини Регистон майдонида туриб кузатиб бордим. 

30.08.2015

228 август куни Самарқандда “Шарқ тароналари” Х халқаро мусиқа фестивалининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Биз фестиваль иштирокчилари билан шу ҳақда суҳбатлашдик.

Официальная страница на Facebook    Официальный канал фестиваля на YouTube

 

Samarqand

Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, ko‘hna Samarqand eramizdan avvalgi VIII asrda tashkil topgan. Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonning yirik shaharlaridan biri, Samarqand viloyatining markazi hisoblanadi. Bu qadimiy kent asrlar davomida Buyuk Ipak yo‘lining asosiy savdo markazi bo‘lib kelgan. XIV va XV asrlar davomida temuriylar saltanatining poytaxti bo‘lgan. O‘sha davrlarda shaharda katta bunyodkorlik ishlari olib borilgan. Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur davrida Samarqand gullab-yashnadi, ilm-fan, madaniyat markaziga aylangan, yer yuzining sayqali, deya e’tirof etildi. 
Istiqlol tufayli Samarqandga, uning tarixiy va madaniy boyliklariga e’tibor har qachongidan-da oshdi. O‘zbekiston hukumati ushbu qadimiy va hamisha navqiron shaharning tarixiy va madaniy yodgorliklarini saqlashga alohida e’tibor qaratdi. 
Mustaqillik davrida Samarqand o‘zining yangi qiyofasiga ega bo‘ldi. Shahardagi osori-atiqalar qayta tiklandi. Registon ansambli, Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi va yana qanchadan qancha tarixiy obidalar mukammal restavratsiya qilindi. Samarqand azaldan qoQozlari, shoyi, atlasi betakror hunarmandlari, qadimiy musiqa va san’ati bilan ham dunyoga mashhur bo‘lgan. 

Ulug'bek rasadxonasi
Bugungi kunda Samarqand viloyati O‘zbekistonning yirik sanoat markazlaridan biri hisoblanadi. Viloyatda "Samarqand avtomobil zavodi", "JV MAN avto", "UrgGazKarpet", "Daka Teks", "Sam Antep Gilam", "Pulsar Group Brewery", "Siyob saxovati" kabi ko‘plab qo‘shma korxonalar, "Sino", "Samarqandkimyo" aksionerlik jamiyatlari kabi yana bir qator mamlakat ahamiyatiga molik sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Viloyatda 2014 yilda yalpi hududiy mahsulot o‘sish sur’ati 110,5 foizni tashkil etdi. Bunga, avvalo sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuqori o‘sish sur’atlari, shuningdek, xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish 17,3 foizga, qishloq xo‘jalik 6,9 foizga, chakana savdo 14,9 foizga, pulli xizmat ko‘rsatish hajmi 17,6 foizga ko‘payishi hamda maqsadli davlat dasturlarini amalga oshirish hisobiga erishildi. Natijada viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmi belgilangan prognozga nisbatan 1,1 bandga o‘sishiga erishildi.

Shohi Zinda majmuasi
2014 yilda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari o‘tgan yilga nisbatan 285,5 ming so‘mga, jami xizmatlar 333,9 ming so‘mga, pullik xizmatlar 140,5 ming so‘mga, iste’mol tovarlari 193,7 ming so‘mga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 169,1 ming so‘mga, chakana tovar aylanmasi 249,6 ming so‘mga oshdi. Jalb qilingan investitsiyalar hajmi 2,2 trln so‘m, to‘g'ridan-to‘g'ri xorijiy investitsiyalar 20,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Samarqand ta’lim sohasida ham respublikada yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Viloyat hududida 8 ta oliy o‘quv yurti, 161 ta kasb-hunar kolleji, 14 ta akademik litsey va 1233 ta umumta’lim maktabi mavjud. 3 ta viloyat, 2 ta shahar, 14 ta tuman gazetasi, 10 ta tarmoq va idoraviy, 21 ta xususiy gazeta, 6 ta jurnal chop etilmoqda. Bitta davlat, bitta nodavlat telekanal faoliyat ko‘rsatmoqda.

Amir Temur maydoni
Bugungi kunda viloyatda 4 ta teatr - Hamid Olimjon nomidagi musiqa va drama teatri, Asror Jo‘rayev nomidagi qo‘g'irchoq teatri, Anton Pavlovich Chexov nomidagi rus drama teatri hamda Abdulhamid Majidiy nomidagi Kattaqo‘rg'on drama teatri, 1 ta davlat muzey-qo‘riqxonasi va uning joylardagi 8 ta muzeyi faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Samarqand san’at kolleji, Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji, Tayloq olimpiya zaxiralari kolleji, viloyat boks maktabi, Oliy sport mahorati maktabi, Chim ustida xokkey maktabi, Samarqand eshkak eshish sport turlari bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi, Olimpiya zaxiralari tayyorlash markazi kabi san’at va sport maskanlarida minglab bolalar tarbiyalanmoqda. 
Bugun Samarqand shahrida 37 ta favvora, madaniyat va istirohat bog‘lari aholiga xizmat qilmoqda.