Yangiliklar
31.08.2015

2“Шарқ тароналари” Х халқаро мусиқа фестивалининг тантанали ёпилиш маросими.

30.08.2015

2Беш кун давомида дунёнинг энг кучли санъаткорларини ўзида жамлаган “Шарқ тароналари” халқаро мусиқа фестивали якунига етди. 

30.08.2015

2Биржан БАЗИЛЖОНОВ, мусиқачи, (Қозоғистон): — Самарқандга биринчи марта келдим. Аввалари мен уни фақат телевизорда кўрганман. Шаҳрингиз ҳақида етарлича маълумотга эгаман деб ўйлардим, лекин келиб  билдимки, Самарқанд телевизорда кўрганимдан анча гўзал экан. 

30.08.2015

2Волкер НЕЕФ,  “Berliner Blatt” газетаси бош муҳаррири (Германия): - “Шарқ тароналари” Х Халқаро мусиқа фестивали очилиш маросимини Регистон майдонида туриб кузатиб бордим. 

30.08.2015

228 август куни Самарқандда “Шарқ тароналари” Х халқаро мусиқа фестивалининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Биз фестиваль иштирокчилари билан шу ҳақда суҳбатлашдик.

Официальная страница на Facebook    Официальный канал фестиваля на YouTube

 

Saroymulkxonim maqbarasi

Samarqandning ko‘hna qismida, Amir Temur jome’ masjidining kunchiqar tomonida, bundan olti asrlar ilgari barpo qilingan yana bir me’moriy obida mavjud.
Bu obida ichida Amir Temurning suyukli xotini Saroymulkxonim – Bibixonimning qabri joylashgan.
Bibixonim maqbarasi qurilgan davrda juda hashamatli va mahobatli bo‘lgan, uning devorlari rang-barang koshinlar, naqshlar hamda Qur’ondan keltirilgan oyatlar bitilgan yozuvlar bilan bezatilgan. Maqbaraning ichki tuzilishi, xuddi Amir Temur maqbarasidek ikki qavatli, pastda sag‘ana, tepada esa ziyoratxona bo‘lgan. Maqbaraning gumbazi yiqilganidan so‘ng uning ichiga qor-yomg‘irlar tushib, sag‘ananing tomi ham yiqilib tushgan.

1941-yili arxeolog Yahyo Fulomov rahbarligidagi olimlar maqbarada qazish ishlarini olib bordilar. Ekspeditsiya a’zolari maqbara XI–XII asrlarga oid madaniy qatlam ustida bunyod qilin-ganligini aniqladilar.
1941-yil iyun oyida arxeologlar maqbaradagi qabrlarni ham ochib o‘rgandilar.Ushbu maqbaraga dafn etilganlar marmartoshlardan yo‘nilgan toshtobutlarga ko‘milgan. Toshtobutlar dastlab maqbaraning pastiga, ya’ni, sag‘anaga qo‘yilgan, sag‘ananing tomi yiqilib tushganidan so‘ng toshtobutlar tokchalar ichiga joylashtirilgan. Dastlab shimoliy tokchada turgan toshtobut ochilganda uning ichida paxta, gazlamalarga aralashib yotgan suyaklar aniqlangan.

Oyoq suyaklari bosh suyaklari bilan aralashtirib tashlangan. Antropolog M.Gerasimovning aniqlashicha, ushbu suyaklar 25-30 yoshli ayol kishiga tegishli. Toshtobutning qopqog‘ida hech qanday yozuvlar bo‘lmaganligi uchun malikaning shaxsiyatini aniqlab bo‘lmagan.

Shimoliy tokchaga tobutning uzunligi 1 m 90 sm, eni 47-66 sm, balandligi 37sm, bo‘lib u ham yaxlit, kulrang marmartoshdan yasalgan. Toshtobut ochilgach undan aralash quralash bo‘lib yotgan suyaklar, tuproq, paxta va gazlama qoldiqlari topildi.
M.Gerasimov tobut ichidagi ezilib ketgan suyaklar keksa ayol kishiga tegishli ekanligini aniqladi.
Maqbaraning sharqiy tokchasiga uchta toshtobut yonma-yon qo‘yilgan bo‘lib, ular ham yaxlit marmartoshlarning ichi yo‘nib tayyorlangan.
Sharqiy tokchadagi uchala toshtobutning ikkalasi bo‘m-bo‘sh bo‘lib, faqat bittasining ichida jasad saqlangan. Bu tobutdagi jasad ham titib tashlangan. Jasad dafn qilinishidan oldin mumiyolangan, jasadning yonidan bir necha taqinchoq, rayhon barglari va kafanning qoldiqlari topilgan. 

1941 yilda ushbu toshtobut ochilayotganda, uning qopqog‘i ustida hech qanday yozuvlar bo‘lmagan. Ammo tarixchi S.A.Lapinning yozishicha, u 1889 yili maqbaraga kirganida, ushbu tobutning ustida yozuv bitilgan tosh qopqoqni ko‘rgan. Qopqoqning ustida, Qur’ondan ko‘chirilgan oyat va pastroqda esa: "Majnunning o‘limidan so‘ng ming yil o‘tsa hamki, uning kafanidan hamon ishq dardi taraladi", – degan yozuv bo‘lgan. 1926-yili rassom I.Mrachkovskiy maqbarada tadqiqot o‘tkazganida, bu yozuvli taxta o‘g‘irlanib, uning o‘rniga oddiy, yozuvsiz qopqoq qo‘yilganligi aniqlangan.

Nega toshtobutlardagi jasadlar titib tashlangan, uni kimlar, qachon qilishgan? – degan savol tug‘i¬lishi mumkin. 
Arxeolog M.Ye.Massonning aytishicha, Bibixonim maqbarasidagi tosh tobutlar dastlab 1871 yili Samarqand Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinganidan so‘ng ochilgan. Ammo, tobutlar qanday maqsadda ochilganligi ma’lum emas. M.Ye.Masson ham bilmagan. Toshtobutlar ikkinchi marta 1926-yili bir guruh o‘g‘rilar tomonidan ochilgan. O‘g‘rilar tobutlarni titib marhumlarning taqinchoqlari va boshqa bezaklarini o‘g‘irlaganlar. Shu tufayli, toshtobutlar 1941-yili uchinchi marta ochilganida uning ichidagi suyaklar ag‘dar-to‘ntar holatda bo‘lgan. Bibixonim maqbarasidagi tosh tobutlarning qopqoqlarida hech qanday yozuvlar bo‘lmaganligi uchun bu yerga dafn etilgan marhumlarning shaxsiyatlarini aniqlash ancha mushkul bo‘ldi. Ammo olimlar birinchi ochilgan toshtobutdagi malika temuriylar xonadoniga mansub oliy martabali ayol bo‘lganligini e’tirof etdilar. Shimoliy tokchadagi ikkinchi toshtobutga dafn etilgan marhumani Bibixonimning onasiga tegishli ekanligi taxmin qilindi.

Sharqiy tokchada joylashgan, uchinchi bo‘lib ochilgan maqbaradagi eng yirik toshtobutga dafn etilgan jasadning shaxsiyati haqida ancha bahslar bo‘ldi. Ko‘plab tarixiy manbalar o‘rganilib, jasad Amir Temurning suyukli xotini Bibixonimniki, degan xulosaga keldilar.
Bibixonim XIV asrning 40-yillarida Movarounnahrga xonlik qilgan Chig‘atoy xonadoniga mansub amir Qozonxonning qizi bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, u 1341 yili hozirgi Qashqadaryo vohasidagi Zanjirsaroyda tavallud topgan. Amir Qozonxon davlatda tartib o‘rnatish yo‘lida har xil qarshiliklarga uchrab, 1343-yili bir guruh beklar tomonidan o‘ldiriladi. Bu fojea yuz berganida Bibixonim 5-6 yoshlarda edi. U balog‘atga yetgach, amir Qozog‘onning nabirasi Husaynga turmushga beradilar. 1370-yili amir Husayn Xuttalon amiri Kayxusrav tomonidan o‘ldirilgach, Amir Temur Bibixonimga uylanadi. U xonning qizi bo‘lganligi tufayli Amir Temurning haramida Katta xonim degan unvonga ega bo‘ladi.
Bibixonimning go‘zalligi, aql-farosati, nozik didi, keng qalbi haqida xalq orasida afsonalar saqlanib qolgan. O‘sha davrda yashagan bir shoir Bibixonimning go‘zalligi haqida: "Uning go‘zalligini so‘z bilan anglatish mushkul, chunki ul har qanday go‘zal so‘zdan-da go‘zaldir", – deb yozgan.
Bibixonimning aql-farosati va mehribonchiligini Amir Temur yuksak baholagan va oqila malikaga temuriy shahzodalarning tarbiyasini ishonib topshirgan. Bibixonimga tabiat ona bo‘lish baxtini bermagan, ammo u bor mehr-muhabbatini Mirzo Ulug‘bek, Muhammad Sulton, Xalil Sulton kabi suyukli nabiralariga baxsh etdi. Bibixonim o‘z sarmoyasidan Samarqandda ulug‘vor madrasa bunyod qildi, olimlar shoirlar va me’morlarga g‘amxo‘rlik qildi. Arab tarixchisi Ibn Arabshohning yozishicha, uni Xalil Sultonning xotini Shodimulk yashirin ravishda zaharlab o‘ldirgan...
Hozirgi kunlarda Bibixonim mangu uyquda yotgan maqbara ta’mirlangan va asliga qaytgan.