Yangiliklar
31.08.2015

2“Шарқ тароналари” Х халқаро мусиқа фестивалининг тантанали ёпилиш маросими.

30.08.2015

2Беш кун давомида дунёнинг энг кучли санъаткорларини ўзида жамлаган “Шарқ тароналари” халқаро мусиқа фестивали якунига етди. 

30.08.2015

2Биржан БАЗИЛЖОНОВ, мусиқачи, (Қозоғистон): — Самарқандга биринчи марта келдим. Аввалари мен уни фақат телевизорда кўрганман. Шаҳрингиз ҳақида етарлича маълумотга эгаман деб ўйлардим, лекин келиб  билдимки, Самарқанд телевизорда кўрганимдан анча гўзал экан. 

30.08.2015

2Волкер НЕЕФ,  “Berliner Blatt” газетаси бош муҳаррири (Германия): - “Шарқ тароналари” Х Халқаро мусиқа фестивали очилиш маросимини Регистон майдонида туриб кузатиб бордим. 

30.08.2015

228 август куни Самарқандда “Шарқ тароналари” Х халқаро мусиқа фестивалининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Биз фестиваль иштирокчилари билан шу ҳақда суҳбатлашдик.

Официальная страница на Facebook    Официальный канал фестиваля на YouTube

 

Shohizinda maqbarasi

Shohizinda maqbarasi, Samarqand, Uzbekistan Qusam ibn Abbos Shohizinda (Tirik shoh) Muhammad payg'ambarimizning amakivachchasi (amakisi Abbosning o'g'li) bo'lib, 676 yilda Samarqandga Islom dinini joriy etish uchun keladi va jangda halok bo'ladi. Uning jasadi hozirgi Afrosiyob tepaligining Janubiy-Sharqiy qismiga dafn etiladi. Qusam ibn Abbos haqida "Qandiya" kitobida shunday satrlar keltirilgan: "Hyech bir mozor Shohizinda mozoridek ulug' emasdir. Payg'ambarimizning muborak yuzlarini ko'rgan oxirgi kishi ham Qusam ibn Abbosdir". Shuningdek, Payg'ambarimizning "Qusam ibn Abbos o'zining yuz tuzilishi, husni va fazilatlari, odatlari bilan menga ko'proq o'xshaydi" - degan hadislari ham bor.

Qusam ibn Abbos maqbarasi go'rxona, ziyoratxona, masjid va chillaxonadan iborat.
Shohizindadagi barcha qurilishlarni buyuk sohibqiron Amir Temur va Mirzo Ulug'bek amalga oshirgan. Ular o'z avlodlari va yaqin kishilarini Shohizinda maqbarasi yoniga dafn etganlar. Amir Temur O'lja oyim, Tug'li Tekin, Shirinbeka oqo (Amir Temurning singlisi), Turkan oqo(Amir Temurning opasi), Tuman oqo (Amir Temurning xotini) uchun maqbaralar, Ulug'bek esa o'g'li Abdulaziz nomidan ajoyib darvozaxona qurdiradi. Shohizinda jamjamasi-ansambli tarkibida 20 dan ortiq me'moriy inshoot mavjud.